Bolalar guruhi, Tohir Sodiqov qo'shiqlari أيقونة

Bolalar guruhi, Tohir Sodiqov qo'shiqlari

4.0 for Android
3.0 | 10,000+ عمليات التثبيت

WS Media

هذا الوصف ل Bolalar

What makes me unbelievable is that 20,000+ users downloaded Bolalar guruhi, Tohir Sodiqov qo'shiqlari latest version on 9Apps for free every week! Players who wants to play both because this app is good and because the app are response quickly at any time. This hot app was released on 2018-12-05. It get a lot of recognition after release.
Tohir Sodiqov — o`zbek musiqachisi, bastakori va aktyori. Tohir Sodiqov O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistdir. Sodiqov „Bolalar“ guruhining uzoq yillardan beri qo`shiqchisi, ashula yozuvchisi va bastakori bo`lib kelmoqda. Tohir Sodiqov shu kungacha „Nihol“ va „Tarona“ kabi bir qancha nufuzli mukofotlar olgan.U qo`shiqlarini o`zbek, rus va ingliz tillarida aytadi. Tohir Sodiqov AQShda konsert bergan va iTunesda albom chiqargan O`rta Osiyolik birinchi guruhlardandir.
Tohir Sodiqov 1973-yil 1-iyulda Toshkent shahridagi Eski shaharda tug`ilgan. Otasi Sodiqov Bahromjon Sobirovich Tohir Sodiqov yosh bolaligida vafot etgan. Onasi Sodiqova Gulnur Mansurovna Sodiqovni yolg`iz katta qilgan. Tohir 1980-yildan 1990-yilgacha Toshkentdagi 41-maktabda o`qigan. Uylangan, ikki qiz va bir o`g`li bor. Hozirda „Kelajak Records“ musiqa yozish studiyasi egasi. „Sen ketgan kundan“ klipida oilasi ya`ni turmush o`rtog`i, ikki qizi bilan Tohir Sodiqov suratga tushgan. Shogirdi Ravshan Sobirov va Renat Sobirov Tohir Sodiqovning amakivachchasi. Amakisi Alimjon Sobirov (Ravshan Sobirovning otasi). Jiyanlari Bekzod va Safina (Ravshan Sobirovning farzandlari). Sakina Sobirova (Ravshan Sobirovning rafiqasi). Husan Sodiqov (Tohir Sodiqovning akasi).
Tohir Sodiqov musiqa maktabida o`qimagan. Maktabda o`qib yurgan chog`larida musiqaga ishtiyoqi tug`ilgan. Tohir Sodiqov va uning maktabdosh do`stlari Ruslan Sharipov, Bahodir Po`latov va Javohir Zokirov 1989-yil „Bolalar“ guruhiga asos solishgan. 1989-yil guruh O`zbekistonda „Bolalar“ deb nomlangan qo`shiq bilan juda tez shuhrat qozongan. Tohir Sodiqov Ravshan Sobirov va „Bojalar“ guruhiga produserlik qilgan.
„Bolalar“ guruhining ilk tarkibida Bahodir Po`latov, Husan Sodiqov (Tohir Sodiqovning akasi), Javohir Zokirov, Nargiza Zokirova, Ruslan Sharipov, Tofik Morduxayev, Toir Odilov va Tohir Sodiqovlar bo`lgan. Guruh a`zolariga o`zbek rock-n-roll qo`shiqchisi Davron Gaipov va o`sha paytda mashhur bo`lgan rus guruhi „Laskoviy May“ ta`sir ko`rsatishgan. „Laskovyi Mai“ va „Bolalar“ guruhlarini „90-yillarning afsonalari“ deb atashadi. „Laskoviy May“ning qo`shiqchisi bo`lgan Yuriy Shatunov va Tohir Sodiqov 2009-yil Toshkentda birga qo`shiq aytishdi.
„Bolalar“ guruhi 1990-yil 23 fevralda „Alpomish“ sport saroyida (hozirgi „O`zko`rgazmasavdo“ markazi) ilk marotaba katta sahnaga chiqqan. Guruhning ilk albomi „Esingdami seni“ albomidir. Bu albom 1990-yil yanvar oyida chiqarilgan. Ilk yillarda Ruslan Sharipov guruhning badiiy boshchisi bo`lgan. 2007-yil 22-yanvarda guruhning „The Very Best of the Fontana Years“ („Fontana yillarining eng sarasi“) degan albomi iTunes musiqa magazinda chiqarildi. 2000-yillarda „Bolalar“ning ko`p a`zolari birin-ketin guruhni tark etishdi. Ammo guruh a`zolari onda-sonda birga qo`shiq ijro etib turishadi. Tohir Sodiqov odatda ashulalarining so`zini ham, musiqasini ham o`zi yozadi.
Tohir Sodiqov olti o`zbek kinosida bosh rolni ijro etgan. Bular „Navro`z ayyomi“, „Tohir va Zuhra yangi talqin 1, 2“, „Ko`zlaring ma`yus“, Jazo hamda Voy dod sumalak filmlaridir.
Duet
Men sen - Asr guruhi (Abdulaziz Karim)
Barglar - Fayod guruhi (Ra`no Said)
Mumkin emas - Sayatash
Undan nimam kam? - Lola (Lola Yo`ldosheva)
Indamay - Rayhon (Rayhon G`aniyeva)
Yog`sin yomg`ir tonggacha - Setora (Feruza Latipova, Laylo Galiyeva, Kamilla Xo`jayeva)
Eski shahar - Ruslan Sharipov, Xo`ja guruhi (Izzat Ibragimov), Shahzod guruhi (Rashid Xoliqov)
Милая - Davron Shanson
Я встретил девушку - DJ Piligrim (Ilhom Yo`lchiyev)
Ushbu ilovada "Bolalar guruhining:
- Afsus
- Axir u sevmaydi
- Alvido
- Anori dona-yu dona
- Axir sen o`sha
- Bo`ldi xato
- Bunchalik go`zal
- Esingdami seni
- Eski shaharda o`sganman
- Hayolim senda
- Jonim menga aytgin
- Kel yashaylik birga
- Kerak emas
- Ko`zlaring ma`yus
- Meni qo`y o`z holimga
- Nega men sensiz
- Oh mening malikam
- Sen men
- Seni sog`indim
- Sog`indim ishon
- Undan nimam kam nomli taronalari joylashgan.

تحديث Bolalar 4.0

Tohir Sodiqov qo'shiqlari

المعلومات

  • الفئة:
    الموسيقى والصوت
  • احدث اصدار:
    4.0
  • تحديث:
    2018-12-02
  • حجم الملف:
    46.1MB
  • المتطلبات:
    Android 4.1 or later
  • تم التحديث:
    WS Media
  • ID:
    com.bolalar.tohir_sodiqov